Ukrainaga qarshi urushda Rossiyaning 250 ming harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan, deb Deutsche Welle NATOning noma’lum yuqori martabali amaldoriga tayanib xabar berdi. Urush boshlanganidan beri Rossiya armiyasi tomonidan ko‘rilgan umumiy yo‘qotishlar soni 900 ming nafardan oshgan.
Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya har kuni o‘rtacha 1000 nafardan ortiq harbiy xizmatchini yo‘qotmoqda (halok bo‘lganlar va yaralanganlar qo‘shib hisoblanganda). Yaralanganlarning aksariyati sifatsiz tibbiy xizmat sabab nogironlikka uchragan.
Ushbu ma’lumotlar NATO tashqi ishlar vazirlarining Bryusseldagi uchrashuvi doirasida e’lon qilingan. Shu bilan birga, NATO vakili Rossiya armiyasi yo‘qotishlarni qisqa muddatda to‘ldirishga muvaffaq bo‘layotganini, biroq Ukrainadagi harakat sur’ati pasayganini ta’kidlagan.
NATOning aytishicha, Rossiya hukumati katta yo‘qotishlar evaziga sekin ilgarilashga tayyorligini namoyon qilmoqda. Rossiya jamiyati esa hozircha bu darajadagi qurbonlar sonidan ommaviy norozilik bildirishga tayyor emas.
Internetdagi nekrologlar va ochiq manbalar orqali shaxsan aniqlangan halok bo‘lgan rossiyalik harbiylar soni 100 mingdan oshgan. Ulardan 4842 nafari ofitserlardir. Eng ko‘p yo‘qotish Bashkortistonda qayd etilgan — 4487 kishi. Undan keyin Tatariston (4371) va Sverdlovsk viloyati (3446) joylashgan.
[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,

Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati

Ukraina Amerika qurollarisiz omon qoladimi?
Foto: Getty Images AQSHning keng ko‘lamli urushning uch yili davomida Ukrainaga ko‘rsatib kelingan harbiy yordami to‘xtatilishi mumkin. Har holda, Amerika prezidenti Donald Tramp bu variantni

Jiddadagi muzokaralar yakunlariga dunyo bo‘ylab qanday reaksiya qilinmoqda?
AQSH va Ukraina delegatsiyalari 11 mart kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida muzokaralar o‘tkazdi. Vashington vakillari 30 kunlik vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etishni

Britaniya razvedkasi: Rossiya armiyasi urushda qancha askarini yo‘qotdi?
Buyuk Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan buyon Rossiya armiyasi halok bo‘lgan va yaralanganlar bilan birga qariyb 900 ming kishini yo‘qotgan