[lang_ru][/lang_ru]
[lang_uz]Bugun[/lang_uz][lang_ru]Сегодня[/lang_ru][lang_en]Today[/lang_en]
"Liverpul" chempion bo‘ldi, ammo ba’zi futbolchilar medalsiz qolishi mumkin
+25°
ясно ветер 3.1 м/с, В

Gollivud yulduzlari qanday taomlarni sevib iste’mol qilishadi?

Dunyo 50
Gollivud yulduzlari qanday taomlarni sevib iste’mol qilishadi?
Gollivud filmlarini tomosha qila turib, xushbichim, sarvqomat aktyorlarga havas bilan qaraymiz. O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: ular nima tanovul qiladi? Ularning ideal qomatiga qarab barcha yulduzlar qattiq parhezga rioya qiladi, fastfudlar ular uchun taqiqlangan deb o‘ylash mumkin, ammo bunday emas.

Elvis Presli

Foto: Google Images
Rok-n-roll qiroli araxis moyi va bananli sendvichni juda yaxshi ko‘rar edi, uni nonushta, tushlik va kechki ovqatga ham iste’mol qilaverardi. Bu sendvich ba’zan yulduzning nomi bilan ataladi.

“Elvis Preslining hayoti va oshxonasi” kitobida Rok-n-roll qiroli do‘stlari bilan shaxsiy samolyotda Denverga sevimli taomi uchun uchib ketgani haqida hikoya qilinadi: Fool’s Gold Loaf sendvichi, “Ahmoqlar oltini”, Colorado Mine Company restoranida ixtiro qilingan va tayyorlangan. Yulduz uchun aerodromga o‘nlab sendvichlar va shampan vinosi yetkazilgan. Ikki soatlik ziyofat to‘g‘ridan to‘g‘ri samolyot angarida tashkil etilgan. Shundan so‘ng Elvis Memfisdagi uyiga uchib ketgan.

Dueyn Jonson

Foto: Google Images
Kinoaktyor o‘zining doimiy parhezi va intensiv mashg‘ulotlari bilan mashhur, lekin uning ham o‘ziga xos zaif tomonlari bor. Bu sushi, u ko‘pincha restoranlarda sushi to‘la katta idish oldida tushgan fotosuratlarini joylashtiradi.

Jennifer Lourens

Foto: Dzen
Jennifer o‘z intervyusida Los Anjelesdagi sevimli pitsseriyalaridan oddiy pishloqli pitssa buyurtma qilishni yaxshi ko‘rishini aytgan. Aktrisa hatto vazn yo‘qotishni talab qiladigan rolni rad qilishga tayyor, lekin pitssani emas. “Oskar” mukofoti sohibi ortiqcha kaloriyalarni sport zalida yo‘qotishni afzal ko‘radi.

Skarlet Yoxansson

Foto: Dzen
Aktrisa meksika taomlarini juda yaxshi ko‘radi. Lavash xamiriga maydalangan go‘sht, pishloq, guruch, pomidor va achchiq sous surtilib o‘ralgan klassik burrito — bu Skarlett yo‘q deya olmaydigan taom.

Penelopa Kruz

Foto: Dzen
Ispan go‘zali kaloriyali taomlar uning suratga olishda sarflangan energiyasini qayta tiklashga yordam beradi, deb hisoblaydi. Shuning uchun pissa, makaron va boshqa qovurilgan, yog‘li taomlar uning ratsionida doimo mavjud.

Lady Gaga

Foto: Dzen
Lady Gaga tushlikka ham, kechki ovqatga ham salatlar tanovul qilishni yaxshi ko‘radi. U salatlarida faqat ko‘katlarning o‘zidan emas, turli xil ingrediyentlardan foydalanishni yoqtiradi. Uning shaxsiy oshpazi bo‘lishiga qaramay, u o‘zi ham mazali taomlar pishira oladi.

[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

Pavel Durov Telegram'da virtual g‘ishtlar sotish orqali 100 mln rubl ishlab oldi
Pavel Durov Telegram'da virtual g‘ishtlar sotish orqali 100 mln rubl ishlab oldi
Telegram messenjeri 1 aprel sho‘xligi doirasida sotuvga chiqarilgan virtual g‘ishtlar orqali yarim soat ichida taxminan 100 million rubl daromad qildi. Bu haqda telekommunikatsiya va IT sohasidagi
Texnologiya 22:55, 1-04-2025
Birgina ismining o‘zi bilan millionlab pul topadigan Gollivud yulduzlari
Birgina ismining o‘zi bilan millionlab pul topadigan Gollivud yulduzlari
Muvaffaqiyatli yulduzlar allaqachon sahna va ekran chegaralaridan chiqib ketdilar. Bugungi kunda ism — bu brend, obro‘-e’tibor esa puldir. Biz sizga shon-shuhratidan emas, balki o‘zlari yaratgan
Dunyo 14:18, 6-04-2025
Trump noqonuniy muhojirlar uchun yangi mexanizmni ishga tushirdi
Trump noqonuniy muhojirlar uchun yangi mexanizmni ishga tushirdi
AQSh prezidenti Donald Trump videomurojaat qilib, noqonuniy muhojirlarni mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etishga chaqirdi. Ularning bu jarayonni amalga oshirishlari uchun CBP Home maxsus
Dunyo 06:04, 19-03-2025
Kemeron Dias kinodagi 10 yillik tanaffusini “hayotidagi eng yaxshi yillar” deb atadi
Kemeron Dias kinodagi 10 yillik tanaffusini “hayotidagi eng yaxshi yillar” deb atadi
Foto: Variety Amerikalik aktrisa Kemeron Dias kino sanoatida ishlamagan oʻn yillik tanaffus vaqti hayotining “eng yaxshi yillari” boʻlganini tan oldi. Bu haqda u The Graham Norton Show dasturida
Madaniyat 21:05, 30-01-2025
Zendaya va Tom Holland toʻyga qanday tayyorgarlik koʻrmoqda?
Zendaya va Tom Holland toʻyga qanday tayyorgarlik koʻrmoqda?
Foto: The Hollywood Reporter Zendaya va Tom Hollandning toʻyga tayyorgarlik koʻrayotgani haqida ilk bor 2025 yil boshida boʻlib oʻtgan “Oltin globus” mukofotini topshirish marosimidan soʻng xabarlar
Madaniyat 21:48, 14-02-2025