TBC Bank Group O‘zbekistonda yangi boshqaruv kompaniyasi tashkil etilganini e’lon qildi, deb Spot.uz xabar berdi.
TBC Bank Group PLC Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRR) hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi (MFK) bilan kelishuvga erishdi. Ushbu kelishuvga ko‘ra, O‘zbekistondagi barcha bizneslar TBC Digital nomli yagona boshqaruv ostida birlashtiriladi. Kompaniya O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, TBC Uzbekistan ekotizimidagi loyihalarni boshqaradi. Uning bosh direktori sifatida Nika Kurdiani tayinlanadi.
2021-yil sentabr oyida EBRR va MFK TBC Bank Uzbekistan’ning 20 foizdan aksiyalarini xarid qilgan, TBC Group esa 60 foiz ulushga ega edi. Shu asosda tomonlar o‘zaro hamkorlik uchun aksiyadorlik shartnomasini tuzgan edi. EBRR va MFK TBC Bank’ga o‘z ulushlarini sotish, TBC esa ularni qayta sotib olish huquqiga ega bo‘lgan.
Yangi kelishuvlarga ko‘ra, TBC Digital TBC Bank Uzbekistan va Payme’ning yagona egasiga aylanadi. Ulushlar quyidagicha taqsimlanadi:
TBC PLC — 79,7%
EBRR — 10,15%
MFK — 10,15%
Avvalgi boshqaruv strukturasining o‘rni yangisi bilan almashtiriladi. Yangi aksiyadorlik va opsion shartnomalari ham imzolanadi.
Shartlarga ko‘ra, EBRR va MFK besh yil o‘tib o‘z ulushlarini TBC PLC’ga sotishi mumkin. Agar yangi aksiya chiqarilishi imkoni bo‘lmasa, to‘lov naqd pul shaklida amalga oshiriladi. Sakkiz yil o‘tib esa TBC PLC hamkorlar ulushini to‘liq sotib olish huquqini qo‘lga kiritadi.
TBC Bank Group bosh direktori Vaxtang Butskhrikidze ta’kidlashicha, yangi boshqaruv kompaniyasi — TBC Digital’ning tashkil etilishi sinergiya imkoniyatlarini kengaytiradi, boshqaruv standartlarini yaxshilaydi va aksiyadorlar uchun qiymat yaratadi.
Yangi kelishuvlar barcha huquqiy ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari tugaganidan so‘ng, yaqin uch oy ichida kuchga kiradi.
[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

O‘zbekistonda Xitoyning Temu marketpleysi bloklanadimi?
Foto: SOPA Images/LightRocket via Getty Images O‘zbekistonda Xitoyning Temu marketpleysi faoliyati to‘xtatilishi mumkin. Bu haqda 27 fevral kuni Istiqbolli loyihalar milliy agentligi elektron

Negativ kontent ruhiy salomatlikka zarar yetkazishi aniqlandi
Massachusets texnologiya instituti olimlari salbiy ruhdagi matn, foto va videolar inson ruhiy salomatligiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishdi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki,

Trampning boj siyosati va oltin narxining rekord darajaga yetishi
AQSH prezidenti Donald Tramp import avtomobillariga yangi bojlar joriy etilishi haqidagi bayonot berganidan so‘ng, global savdo munosabatlarida keskinlashuv kuzatildi. Bu holat fond bozorlarida

O‘zbekistonda avtomobil importi 3,5 baravar kamaydi
2025-yil fevral oyida O‘zbekistonning yengil avtomobil importi 3,53 baravar kamaydi, deb xabar berdi Spot, Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib. 2024-yil fevral oyiga nisbatan avtomobil importi

Kutilmagan yangilik: “Barselona” Messini qaytarish uchun uch yulduz bilan xayrlashmoqchi
Kataloniyaning mashhur “Barselona” klubi afsonaviy futbolchisi Lionel Messini yana jamoaga qaytarish uchun harakat boshladi. 2021 yili jamoani tark etgan argentinalik yulduz yana “Kamp Nou”da to‘p