
7–14 aprel kunlari Parijda “Freestyle Chess Grand Slam Paris-2025” turniri bo‘lib o‘tdi.
Finalda Magnus Karlsen Hikaru Nakamurani mag‘lub etib, chempionlik va 200 000 dollar mukofotga ega chiqdi. Uchinchi o‘rin uchun bahsda Fabiano Karuana Vensan Keymer ustidan 1,5:0,5 hisobida zafar quchib, 100 000 dollar va Las-Vegasdagi navbatdagi turnirga yo‘llanma oldi.
Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov musobaqani 8-o‘rinda yakunladi va 20 000 dollar mukofotga sazovor bo‘ldi. U musobaqaga faqatgina 1 kun qolganda taklif etilgandi.
Abdusattorovga keyingi yirik turnirlarda omad tilaymiz!